Iqtisodiy protsessual kodeksi

20-modda. Sudyani rad qilish

(20-модданинг иккинчи банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 майдаги ЎРҚ-769-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2022 й., 03/22/769/0421-сон)

Sudya quyidagi hollarda ishni ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: 1) mazkur ish ilgari ko'rilganda sudya sifatida ishtirok etgan bo'lsa va ishni ko'rishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yo'l qo'yilmasa; 2) mazkur ish ilgari ko'rilganda unda hakamlik sudi sudyasi, arbitr, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan bo'lsa; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo'lsa; 4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo'lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug'diruvchi boshqa holatlar mavjud bo'lsa; 5) ishni ko'rayotgan hay'at tarkibidagi sudyaning qarindoshi bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.