Iqtisodiy protsessual kodeksi

136-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni

(136-модда иккинчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi ariza sudga yozma shaklda, sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari bo'yicha beriladi. U kreditor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Arizada quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; 3) kreditorning qonunchilikka asoslangan talabi; 4) talabga asos bo'lgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar; 5) undiriladigan summaning hisob-kitobi, undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta'minoti sifatida turgan ko'char mol-mulkka qaratilgan taqdirda esa, undirilayotgan ko'char mol-mulkning tavsifi va to'lanmagan to'lovlar summasining hisob-kitobi; 6) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr; 7) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Arizada kreditorning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.