Iqtisodiy protsessual kodeksi

13-modda. Ishlarni qonunchilik asosida hal qilish

(13-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sud ishlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi. Sud ishni ko'rishda davlat organining yoki boshqa organning hujjati qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan ushbu hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi. Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud bo'lmagan taqdirda, sud shunga o'xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo'llaydi, bunday normalar ham mavjud bo'lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal qiladi. Tadbirkorlik sub'yektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar o'rtasidagi nizolar bo'yicha ishlarni ko'rib chiqishda qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo'lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik sub'yektining foydasiga talqin etiladi. Sud O'zbekiston Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarning huquq normalarini qo'llaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.