«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

59-modda. Investitsiyalarni O'zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish chog'idagi investitsiya faoliyatining shakllari

(59-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslarning investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarni, shuningdek ularning shu'ba korxonalarini, filiallarini, vakolatxonalarini va boshqa alohida bo'linmalarini chet davlatning qonunchiligi talablariga rioya etgan holda tashkil etish; mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni olish; chet davlatlarning qonunchiligiga zid bo'lmagan hamda O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq bo'lgan boshqa har qanday shakllar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.