«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

49-modda. Harakatlanish erkinligi

Investitsiya faoliyati bilan bog'liq holda O'zbekiston Respublikasida bo'lib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va xodimlari O'zbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatlanish huquqiga ega. Ayrim cheklovlar, agar erkin harakatlanishga doir bunday cheklovlar qonunda belgilangan bo'lsa, faqat O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta'minlash maqsadida qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.