«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

43-modda. O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish bo'yicha takliflar kiritish tashabbusi

(43-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish bo'yicha taklif kiritish tashabbusi chet ellik investor tomonidan mustaqil ravishda yoki davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki xo'jalik yurituvchi sub'yektlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish uchun chet ellik investor mustaqil ravishda yoki loyihaning tegishli tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organiga yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi: investitsiya shartnomasini tuzish va investitsiya faoliyati ob'yektiga investitsiyalarni amalga oshirish maqsadi, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha mavjud tajriba (agar mavjud bo'lsa) to'g'risidagi axborot ko'rsatilgan ariza; investitsiya shartnomasining loyihasi; vakolatli organlarda qonunchilikda belgilangan hollarda ekspertizadan o'tgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida bajarilgan biznes-reja loyihasi. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilot investitsiya shartnomasi loyihasini huquqiy ekspertizadan o'tkazish, investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash, chet ellik investorlarga va (yoki) investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonaga qonunchilikda belgilanganidan qo'shimcha ravishda kafolatlar va qo'llab-quvvatlash choralari (imtiyoz va preferentsiyalar) berishga taalluqli qismi bo'yicha davlat boshqaruvi organlarining xulosalarini keyinchalik ularni O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko'rib chiqish uchun kiritish maqsadida oladi. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ijobiy xulosasi yakunlariga ko'ra investitsiya shartnomasi chet ellik investor va O'zbekiston Respublikasi Hukumati o'rtasida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali yozma shaklda tuziladi. O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan imzolangan investitsiya shartnomasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ushbu shartnomani tasdiqlash to'g'risidagi qarori qabul qilingan sanadan e'tiboran, agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, kuchga kiradi. O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari ijrosining monitoringi hamda nazoratini investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.