«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

30-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning maqsad va usullari

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash qulay investitsiya muhitini yaratish, yangi raqobatbardosh hamda innovatsion, eksportga yo'naltirilgan va (yoki) import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir investitsiyalarni rag'batlantirish, mavjud ishlab chiqarishlarni zamonaviy texnologiyalarni qo'llagan hamda zamonaviy boshqaruv tajribasini joriy etgan holda kengaytirish va yangilash maqsadida amalga oshiriladi. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: imtiyozlar va preferentsiyalar qo'llash; investitsiya loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan investitsiyalar ajratish; moliyaviy, maslahat berish va axborot jihatidan qo'llab-quvvatlash.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.