«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

25-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usullari

(25-модданинг биринчи қисми саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish; investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va O'zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish; O'zbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini barpo etish; asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish; texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash; raqobatni qo'llab-quvvatlash choralarini qo'llash; yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni amalga oshirish, shuningdek boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash. Investorlarga bozorda ularni ustuvor mavqega qo'yuvchi mutlaq qoidalar va huquqlar berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.