Hammaning e'tibori uchun rasmiy ravishda e'lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kirmagan hujjatlar sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, ushbu hujjatlardagi ko'rsatmalarni bajarmaganlik uchun investitsiya faoliyati sub'yektlariga nisbatan biror-bir sanktsiya qo'llash uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin emas.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan o'z rasmiy veb-saytida investitsiya faoliyati sohasida o'zining ishtiroki va qabul qilingan qarorlar to'g'risidagi axborotni e'lon qilishi shart.
Jismoniy va yuridik shaxslarga ochiqlik hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiya faoliyati sohasidagi faoliyati to'g'risida va o'zlari qabul qilayotgan qarorlar to'g'risidagi axborotdan moneliksiz foydalanish imkoniyati ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
20-modda. Oshkoralik va ochiqlikni ta'minlash kafolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.