«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

16-modda. Mablag'lardan foydalanish kafolatlari

Investitsiya faoliyati sub'yektining investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlari soliqlar va to'lovlar to'langanidan keyin uning xohishiga ko'ra reinvestitsiya qilinishi yoki ulardan boshqa har qanday usulda foydalanilishi mumkin. Chet el va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning hisobvaraqlaridagi mablag'lardan foydalanishni davlat organlari tomonidan cheklash yoxud ularni majburan yechib olish faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.