«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

10-modda. Investorning huquqlari

(10-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Investor: O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo'lmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yo'nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga; investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga; o'z investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga; investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yig'imlar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to'lovlar (bundan buyon matnda soliqlar va to'lovlar deb yuritiladi) to'langanidan so'ng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga; o'zi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag'larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning ta'minoti sifatida o'ziga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga; o'z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga; kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablag'larini jalb etishga; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.