Davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risidagi qonun (2025, kasallik va dekret nafaqalari)

19-modda. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni tugatish

Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar quyidagi hollarda tugatiladi: sug'urtalangan shaxs vafot etganda yoki sud qarori bilan vafot etgan deb e'lon qilinganda. Bunda davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lov sug'urtalangan shaxs vafot etgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e'tiboran tugatiladi; sug'urtalangan shaxs O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqanda yoki O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo'qotganda; sug'urtalangan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovni tugatish to'g'risida murojaat qilganda. Bunda davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lov murojaat berilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e'tiboran tugatiladi; davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovni tayinlash to'g'risida qaror qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qilgan hujjatlarning (ma'lumotlarning) ishonchsizligi yoki soxta ekanligi aniqlanganda. Bunda davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lov tayinlangan kundan e'tiboran tugatilgan hisoblanadi va to'langan mablag'lar sug'urtalangan shaxs tomonidan qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.