Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni ishdan bo'shatish nafaqasi tarzida tayinlash sug'urtalangan shaxsning murojaati asosida, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari hamda homiladorlik va tug'ish nafaqalari tarzida esa sug'urtalangan shaxsning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.
Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni tayinlash uchun murojaat sug'urtalangan shaxs tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
sug'urtalovchiga bevosita yoki ish beruvchi orqali;
maxsus davlat axborot tizimlari orqali elektron tarzda.
Sug'urtalangan shaxsning murojaati talab etilmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlanadigan davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar yuzasidan sug'urta hodisasi yuzaga kelganda sug'urtalangan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar sug'urtalovchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnDavlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risidagi qonun (2025, kasallik va dekret nafaqalari)
17-modda. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarni tayinlash uchun murojaat qilish va hujjatlarni ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.