Davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risidagi qonun (2025, kasallik va dekret nafaqalari)

12-modda. Sug'urta badali

Sug'urta badali sug'urtalangan shaxs uchun jamg'armaga amalga oshiriladigan ajratma yoki to'lov hisoblanadi. Sug'urta badali majburiy davlat ijtimoiy sug'urtasi bilan qamrab olinadigan fuqarolar uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining bir qismi hisobidan, ixtiyoriy davlat ijtimoiy sug'urtasi bilan qamrab olinadigan fuqarolar uchun minimal miqdori qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadigan to'lov hisobidan shakllantiriladi. Jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to'lash tarzidagi barcha daromadlar sug'urta badallarini hisoblash ob'yektidir. Sug'urta badali stavkasi sug'urta badallarini hisoblash ob'yektining summasiga nisbatan foizli nisbatda hisoblanadi. Sug'urta badallari hisobini yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.