Davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risidagi qonun (2025, kasallik va dekret nafaqalari)

10-modda. Sug'urta qildiruvchilarning huquq va majburiyatlari

Sug'urta qildiruvchilar quyidagi huquqlarga ega: sug'urtalovchidan davlat ijtimoiy sug'urtasi masalalari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar va sug'urtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha amalga oshiriladigan to'lovlar miqdorlari to'g'risidagi axborotni bepul olish; o'z huquqlarini himoya qilish yoxud davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lov tayinlanishining to'g'riligini qayta ko'rib chiqish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yoki sudga murojaat qilish. Sug'urta qildiruvchilar: sug'urtalovchidan ro'yxatdan o'tishi va hisobdan chiqishi; sug'urta badallarini o'z vaqtida va belgilangan stavkalar bo'yicha to'lashi; davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlarga taalluqli bo'lgan hujjatlarni tekshirish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.