Davlat ijrochisi o'ziga berilgan huquqlardan qonunga muvofiq foydalanishi hamda o'z faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo'l qo'ymasligi shart.
Davlat ijrochisi:
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
ijro hujjatlarining o'z vaqtida, to'liq va to'g'ri ijro etilishi choralarini ko'rishi;
ijro ishi yuritish taraflariga yoki ularning vakillariga ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar, nusxalar olish imkoniyatini berishi;
taraflarning ijro ishi yuritish borasidagi arizalarini va iltimosnomalarini ko'rib chiqishi, shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirgan holda tegishli qarorlar chiqarishi;
agar o'zi ijro ishi yuritish jarayonidan manfaatdor bo'lsa yoki uning beg'arazligiga shubha tug'diradigan boshqa holatlar mavjud bo'lsa, o'zini o'zi rad etishi shart.
Davlat ijrochisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
85-modda. Davlat ijrochilarining majburiyatlari
(85-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.