«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

-modda. Ijro hujjatlarining Majburiy ijro byurosi organlariga taalluqliligi

Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'limlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno. Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari: turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi bo'lgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini; ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini; chet davlatning rezidenti bo'lgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro etadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoxud ularning o'rinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'limlaridan olib qo'yishga va uni o'z ish yurituviga qabul qilishga haqli. Majburiy ijro byurosining markaziy apparati: turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi bo'lgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini; ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini; chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega bo'lgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi. O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoxud uning o'rinbosari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qo'yishga va uni o'z ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa organiga o'tkazishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.