Ijro hujjatida quyidagilar ko'rsatilishi lozim:
1) ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi;
2) ijro hujjatining qaysi ish bo'yicha berilganligi va uning tartib raqami;
3) ijro etilishi shart bo'lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana;
4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdorning tug'ilgan sanasi va joyi, ish joyi, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda mavjud bo'lgan taqdirda, undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami;
5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi;
6) sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana;
7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Boshqa organning hujjati asosida berilgan ijro hujjati mazkur hujjatni qabul qilgan organning vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi.
Sud buyrug'ining hamda alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvning, shuningdek notarius ijro xatining mazmuni qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
8-modda. Ijro hujjatlarining mazmuni
(8-модда биринчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.