Ijro harakatlarini amalga oshirishga ketgan xarajatlar qarzdordan undirilib, davlat ijrochilarining depozit hisobvarag'iga o'tkaziladi.
Ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro etish uchun qilingan xarajatlar undiruvchidan undiriladi. Ko'rsatilgan hollarda xarajatlarni undirish davlat ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi qarorining nusxasi taraflarga uch kunlik muddatda yuboriladi.
Davlat ijrochisining qarori yuzasidan sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan bo'yin tovlagan taqdirda, ularni qoplash to'g'risidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki davlat ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki davlat ijrochisi davlat boji to'lashdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
77-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
(77-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.