«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

61-modda. Undiruv qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilganda ijroni ta'minlash choralari

(61-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)

Uchinchi navbatda realizatsiya qilinadigan davlatga qarashli mol-mulk xatlab qo'yilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilgandan keyin uch kunlik muddat ichida xatlangan mol-mulkning tarkibi va qiymati to'g'risidagi, shuningdek undiruvchining talablari summasi to'g'risidagi ma'lumotlarni ilova qilgan holda qarzdorning mol-mulki xatlanganligi haqidagi xabarnomani davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega organning tegishli hududiy bo'linmasiga yuboradi. Mazkur xabarnomaning nusxasi qarzdor yuridik shaxs tomonidan byudjetga to'lovlar va davlat maqsadli jamg'armalariga to'lovlar amalga oshirilishini nazorat qiluvchi soliq organiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish bo'yicha iqtisodiy sudda ish yuritish qo'zg'atilgan bo'lsa, ijro ishi yuritish va undiruv qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish masala mohiyatan iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqilgunga qadar to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.