«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

57-modda. Ijro hujjatida ko'rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish

(57-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Ijro hujjatida ko'rsatilgan ashyolar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi bu ashyolarni qarzdordan olib qo'yadi va topshirish dalolatnomasini tuzib, ularni undiruvchiga topshiradi. Olib berilishi lozim bo'lgan ashyolar yo'qotilganligi yoki undiruvchi ularni olishdan bosh tortganligi yoxud hozir bo'lish haqida bir necha bor taklif qilinishiga qaramasdan uning ashyolarni olish uchun kelmaganligi sababli ijro etishning imkoni bo'lmagan taqdirda, ashyolar qarzdorga qaytariladi, ijro ishi yuritish esa undiruvchiga ijro hujjatini qaytarish bilan tamomlanadi. Ijro hujjatida ko'rsatilgan hujjatsiz qimmatli qog'ozlar undiruvchiga topshirilgan taqdirda davlat ijrochisi mazkur qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga oluvchi shaxs tomonidan qarzdorning hisobidan chiqarilishi va ularni undiruvchining hisobiga o'tkazilishi to'g'risida qaror chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.