Hujjatli qimmatli qog'ozlar ularning turgan joyi bo'yicha xatlanadi. Hujjatsiz qimmatli qog'ozlar ushbu qog'ozlar egasining huquqlari ro'yxatga olingan joy bo'yicha xatlanadi.
Qimmatli qog'ozlar xatlanganda davlat ijrochisi qaror chiqaradi. Hujjatli qimmatli qog'ozlar xatlanganligi to'g'risida davlat ijrochisi xatlangan qimmatli qog'ozlarning xatlov dalolatnomasini ham tuzadi.
Davlat ijrochisining qimmatli qog'ozlar xatlanganligi to'g'risidagi qarorida yoki dalolatnomasida xatlangan qimmatli qog'ozlarning umumiy soni, ularning turi va qimmatli qog'ozlar emitentlari to'g'risidagi ma'lumotlar, qimmatli qog'ozlar chiqarilgan sana (aktsiyalar bundan mustasno), ularni identifikatsiya qilish, shuningdek qimmatli qog'ozlarning qarzdorga tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi.
Qarzdorga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlarning xatlanishi qarzdorga ularni tasarruf etish, shuningdek bunday qimmatli qog'ozlar o'tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanganligini anglatadi. O'zga turdagi cheklovlarni belgilashda, shu jumladan qarzdorning qimmatli qog'ozlarda mustahkamlab qo'yilgan daromad olish huquqi va boshqa huquqlarini cheklashda davlat ijrochisi belgilangan cheklovlarni qimmatli qog'ozlarni xatlash to'g'risidagi qarorda sanab o'tishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
53¹-modda. Qimmatli qog'ozlarni xatlash
(53¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.