Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish ushbu mol-mulkning qarzdorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma'lumotlar bo'lganda, davlat ijrochisining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qarzdorning o'zga shaxslarda turgan mol-mulkining unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatli ma'lumotlar bo'lmaganda, undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga ko'ra amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisining ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan asoslarga ko'ra chiqarilgan qarori ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
49-modda. Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish
(49-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.