«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

48-modda. So'mda hisoblanadigan qarz undiruvini qarzdorning chet el valyutasidagi pul mablag'lariga qaratish tartibi

(48-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Davlat ijrochisi qarzdorning ma'lum bo'lib qolgan va olib qo'yilgan chet el valyutasidagi naqd pul mablag'ini u olib qo'yilgan kunning ertasidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun topshiradi. Qarzdorning chet el valyutasidagi xatlangan pul mablag'lari O'zbekiston Respublikasi ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankdagi bank hisobvarag'ida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan bo'lsa, davlat ijrochisi o'z qarori bilan bank zimmasiga ijro yig'imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni ijro xarajatlarini inobatga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur hajmda chet el valyutasini sotish majburiyatini yuklaydi. Agar bank O'zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanmasa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasini shunday huquqdan foydalanuvchi bankka o'tkazish majburiyatini yuklaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.