«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

46-modda. Majburiy ijro etish choralari

(46-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 мартдаги ЎРҚ-1122-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2026 й., 03/26/1122/0250-сон)

Quyidagilar majburiy ijro etish choralari hisoblanadi: 1) undiruvni qarzdorning pul mablag'lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish (bundan davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan bo'sh turgan yer uchastkalari mustasno); 2) undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag'lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish; 2¹) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati bo'yicha unga tegishli bo'lgan mablag'larga qaratish; 2²) undiruvni qarzdorga tegishli bo'lgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish; 3) undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga qaratish; 4) ijro hujjatida ko'rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qo'yish va undiruvchiga topshirish; 5) ijro hujjatining ijro etilishini ta'minlovchi qonunlarga muvofiq ko'riladigan boshqa choralar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.