Yo'qolgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin.
Yo'qolgan ijro ishi yuritilishi to'liq yoki u sud fikriga ko'ra tiklanishi zarur deb hisoblagan qismida tiklanadi.
Yo'qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash to'g'risidagi ariza ijro etiladigan joydagi sudga beriladi.
Arizada ijro ishini yuritilishiga doir ma'lumotlar to'liq bayon etilishi lozim. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritilishiga daxldor bo'lgan hujjatlar yoki ularning nusxalari arizaga ilova qilinadi.
Sud ishni ko'rayotganda ijro ishi yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo'qolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning nusxalaridan, shuningdek ijro ishi yuritilishiga daxldor bo'lgan boshqa ma'lumotnoma va hujjatlardan foydalanadi.
Sud ijro harakatlarini bajarish vaqtida ishtirok etgan yoki hozir bo'lgan shaxslarni guvoh sifatida so'roq qilishi mumkin.
To'plangan materiallar yo'qolgan ijro ishi yuritilishini aniq tiklash uchun yetarli bo'lmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishi yuritilishini tiklash to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da'vo taqdim etishga haqli.
Arizachi yo'qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash to'g'risidagi ish ko'rib chiqilishi vaqtida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilinadi. Bila turib, yolg'on ariza berilgan bo'lsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
43-modda. Yo'qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash
(43-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.