«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

42-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish

(42-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-762-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2022 й., 03/22/762/0290-сон)

Alimentlar undirish to'g'risidagi, mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash to'g'risidagi yoxud boquvchisining vafoti natijasida ziyon ko'rgan shaxslarga zararni to'lash, zararni davlat foydasiga undirish to'g'risidagi, shuningdek bolani olib qo'yish to'g'risidagi ijro hujjatlari bo'yicha qarzdorning turgan joyi haqida ma'lumotlar bo'lmaganda, davlat ijrochisi o'z tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga ko'ra qarzdorni qidirish to'g'risida qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda davlat ijrochisi qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish to'g'risida qaror chiqaradi. Ijro hujjatlarining boshqa turlari bo'yicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda ko'rsatilgan xarajatlar yuzasidan ushbu Qonunning 76-moddasiga muvofiq bo'nak to'lash uchun undiruvchining roziligi bo'lgan taqdirda qidiruv e'lon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini to'lashni qarzdordan sud tartibida talab qilishga haqlidir. Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning ma'lum bo'lgan oxirgi yashash joyida (turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan joyida) e'lon qilinadi. Qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin. Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani qidirish xarajatlari qarzdordan undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Avtomototransport vositasini qidirish bo'yicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga ko'ra, qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish bo'yicha xarajatlar esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Davlat ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish to'g'risidagi va qidirish xarajatlarini undirish to'g'risidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.