Sud tomonidan berilgan ijro hujjatiga asosan qo'zg'atilgan ijro ishi yuritishni to'xtatib turish va tugatish o'sha sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari bo'yicha ijro ishi yuritishni to'xtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari bo'yicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
Agar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida yoxud O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksida boshqa tartib belgilanmagan bo'lsa, ijro ishi yuritishdagi taraflarning yoki davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni to'xtatib turish haqidagi yoki tugatish to'g'risidagi arizasi u kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda sud tomonidan ko'rib chiqiladi.
Ijro ishi yuritishni to'xtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi, 35-moddasining ikkinchi qismi va 37-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, ijro hujjati qaysi davlat ijrochisining ish yuritishida bo'lsa, o'sha davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni to'xtatib turish yoki tugatish to'g'risidagi arizasi u kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda davlat ijrochisi tomonidan ko'rib chiqiladi. Arizani ko'rib chiqish natijalariga ko'ra davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni to'xtatib turish yoki tugatish haqida yoxud ijro ishi yuritishni to'xtatib turishni yoki tugatishni rad qilish to'g'risida qaror chiqaradi.
Ijro ishi yuritishni to'xtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoxud boshqa organning hujjati davlat ijrochisi tomonidan olingan paytdan e'tiboran darhol ijro etilishi kerak. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni to'xtatib turish yoki tugatish to'g'risida bu haqda unga ma'lum bo'lgan vaqtdan e'tiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala ijro hujjatini bergan sud tomonidan emas, boshqa sud tomonidan hal qilingan bo'lsa) yoki ijro hujjatini bergan o'zga organga ma'lum qiladi.
To'xtatilgan ijro ishi yuritish bo'yicha u tiklanguniga qadar majburiy ijro choralari qo'llanilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Qarzdorning hisobvaraqlariga qo'yilgan xatlov ijro hujjatini ijro etishni to'xtatib turish to'g'risidagi sud hujjatida nazarda tutilgan taqdirda, ijro ishi yuritishni to'xtatib turish uchun belgilangan muddatga olib tashlanadi.
Sud yoki boshqa organning ijro ishi yuritishni to'xtatib turish yoxud tugatish to'g'risidagi hujjati ustidan o'n kunlik muddatda shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
38-modda. Ijro ishi yuritishni to'xtatib turish va tugatish to'g'risidagi masalalarning sud yoki davlat ijrochisi tomonidan ko'rib chiqilishi
(38-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 августдаги ЎРҚ-1082-сонли Қонунига асосан саккизинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.08.2025 й., 03/25/1082/0750-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.