Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda to'xtatib turiladi:
1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e'lon qilinganda yoki bedarak yo'qolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yo'qolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar;
2) qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish bo'yicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qo'zg'atilganda, kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda — qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish bo'yicha qaror qabul qilinguniga qadar;
3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni o'tayotganda, qarzdor kasal bo'lib qolganda, xizmat safarida bo'lganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo'yilishi lozim bo'lgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo'yilishi lozim bo'lgan bola qidirib topilguniga qadar;
4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos bo'lgan hujjat yuzasidan, shuningdek ro'yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala mazmunan uzil-kesil ko'rib chiqilguniga qadar;
5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat ko'rib chiqilguniga qadar;
6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda — o'n besh kundan ko'p bo'lmagan muddatga.
Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni to'xtatib turishga asos bo'lgan holatlar tugaguniga qadar to'xtatib turilishi mumkin.
Ijro ishi yuritishni to'xtatib turishga sabab bo'lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni to'xtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining tashabbusiga ko'ra tiklanadi.
Undiruvchi va qarzdor o'rtasida ijro predmeti yuzasidan kelishuvga erishilmaganda, shuningdek taraflardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qayta tiklanadi.
Ijro ishi yuritishni to'xtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
36-modda. Ijro ishi yuritishni to'xtatib turish muddatlari
(36-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.