Ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'larini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati bo'yicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvarag'iga ushbu majburiyatlarning to'liq miqdorida yoki bajarilmagan qismi miqdorida pul o'tkazish yo'li bilan ta'minlashdan iboratdir, bundan davriy to'lovlarni undirish to'g'risidagi sud hujjatlari mustasno.
Ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'larini kiritish ijro ishi yuritishni to'xtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo'ladi.
Ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'larini kiritish:
1) ijro hujjatini berish uchun asos bo'lgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;
2) davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda qo'llaniladi.
Majburiy ijro organining depozit hisobvarag'iga o'tkazilgan ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'lari ijro ishini yuritishni to'xtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'lari:
1) ijro hujjatini berish uchun asos bo'lgan sud hujjati bekor bo'lganda;
2) ijro hujjati amalda ijro etilganda qarzdorga uch kunlik muddatda qaytariladi.
Ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'lari, ushbu moddaning beshinchi qismida ko'rsatilganidan tashqari hollarda, ijro hujjatining talablarini qanoatlantirishga yo'naltiriladi.
Ushbu modda uchinchi qismining 2-bandiga asosan kiritilgan ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'lari davlat ijrochisining harakati qonunga xilof deb topilgan yoki qarori bekor bo'lgan kundan e'tiboran yana yigirma kun mobaynida majburiy ijro organining depozit hisobvarag'ida saqlanadi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos bo'lgan sud hujjati ustidan shikoyat berilmasa yoki protest keltirilmasa, ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'lariga ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda undiruv qaratiladi. Agar ushbu muddat davomida ijro hujjatini berish uchun asos bo'lgan sud hujjati ustidan shikoyat berilsa yoki protest keltirilsa, ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'lari ijro ishini yuritishni to'xtatib turish uchun ushbu Qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
33¹-modda. Ijro ishi bo'yicha kafolat mablag'larini kiritish
(33¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 августдаги ЎРҚ-1082-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.08.2025 й., 03/25/1082/0750-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.