Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati o'tib ketganidan keyin yuborilgan bo'lsa yoki ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lmasa, yoxud zarur hujjatlarni ularga qo'yiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova qilish to'g'risidagi talabga rioya qilinmagan bo'lsa, davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida qaytarib yuboradi.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to'g'risida qaror chiqariladi, uning nusxasi qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to'g'risidagi qarorda ushbu Qonunning 8-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qaysi talablar buzilganligi ko'rsatiladi.
Ijro hujjatining yo'l qo'yilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini davlat ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun to'sqinlik qilmaydi. Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yo'l qo'yilgan nuqsonlarni qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni takroran davlat ijrochisiga yuboradi.
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
24-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qo'yiladigan talablarni buzish oqibatlari
(24-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.