«Ijara to'g'risida»gi qonun

5-modda. Ijara shartnomasi

(5-модда учинчи қисми еттинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 18 мартдаги ЎРҚ-922-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.03.2024 й., 03/24/922/0224-сон)

Tomonlarning ixtiyoriyligi va to'la teng huquqliligi asosida ma'lum muddatga tuziladigan ijara shartnomasi ijara munosabatlarining yuzaga kelishiga asos bo'ladi. Bunda qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalanish uchun yerni, boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish uzoq muddatga — kamida 5 yilga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Ijara shartnomasi tanlov asosida tuzilishi mumkin. Ijara shartnomasida: ijaraga berilayotgan mol-mulkning tarkibi va qiymati, uni ijaraga berish tartibi; ijara muddati; ijara haqi shartlari va miqdori, uni to'lash muddatlari; ijaraga beruvchi ijarachiga berishi kerak bo'lgan mol-mulkning holati; ijarachining mol-mulkdan foydalanish shartlari; shartnoma tugatilganidan keyin ijarachining mol-mulkni ijaraga beruvchiga qanday holatda va qay tartibda qaytarishi; ijaraga berilgan mol-mulkni tiklash va ta'mirlash yuzasidan tomonning majburiyati; to'la amortizatsiyadan so'ng mol-mulk kimga qarashli bo'lish shartlari; agar ijaraga olingan mol-mulk keyinchalik sotib olish sharti bilan topshirilayotgan bo'lsa, uni sotib olish shartlari, tartibi va muddati; ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish sharti, tartibi va imkoniyati; ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga taqdim etadigan axborotning ko'lami va axborotni berish muddatlari; tomonlarning mas'uliyati ko'zda tutiladi. Yerni va boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish shartnomasiga tabiiy ob'yektdan mo'ljallangan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalanish yuzasidan ijarachining majburiyatlari ko'zda tutilgan qoidalar ham kiritiladi. Ijara shartnomasida ijaraga beruvchining noishlab chiqarish sohasiga taalluqli mol-mulk ob'yektlari va ularning qiymati alohida ajratib ko'rsatiladi, tomonlarning ushbu ob'yektlarga nisbatan majburiyatlari (ularni asrash va saqlab turish) ham aytib o'tiladi. Ijara shartnomasiga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.