Quyidagi hollarda:
Shartnoma tuzish tartibi va shartlarini buzishda;
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslikda;
Shartnomani bir tomonlama o'zgartirishda yoki bekor qilishda;
Shartnomani o'zgartirish va tugatish tartibi hamda shartlarini buzishda aybdor bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar, davlat idoralarining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ijara to'g'risidagi qonunchilikni o'zgacha tarzda buzganlik uchun ham javobgarlik ko'zda tutilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar o'zlari yetkazgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda jabrlanuvchiga to'lashlari shart.
Ijarachi ijaraga olingan korxonaning qarzlari bo'yicha:
o'z mol-mulki bilan (davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalari uchun);
o'z mol-mulki hamda ijarachi jamoa a'zolarining shaxsiy mol-mulki bilan (jamoa mulkiga, xususiy mulkka asoslangan ijara korxonalari uchun, shuningdek yakka tartibda yoki guruh bo'lib ijara sharoitida mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan shaxslar uchun), ular yetarli bo'lmagan taqdirda esa — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanadigan tartibda va hajmlarda javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn32-modda. Ijara munosabatlari sub'yektlarining javobgarligi
(32-модда биринчи қисми бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 18 мартдаги ЎРҚ-922-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.03.2024 й., 03/24/922/0224-сон)
Oddiy tilda
**Ijara munosabatlari sub'yektlarining javobgarligi**
Nimani anglatadi
Ijara shartnomasi tuzilganda yoki bajarilganda qonun va shartnoma shartlarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. Bu javobgarlik pul to'lashi, zararni qoplash yoki boshqa jazo ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ijara korxonasining qarzlari uchun ijarachi o'z mol-mulki va ba'zan jamoa a'zolarining shaxsiy mol-mulki bilan javobgar bo'ladi.
Kimga tegishli
Ijara shartnomasi tomon bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar, davlat idoralarining mansabdor shaxslari va ijarachi javobgarlikka tortiladi.
Amalda
Agar ijarachi ijara korxonasining qarzlarini to'lay olmasa, uning shaxsiy mol-mulki va oilasi a'zolarining mol-mulki sotilishi mumkin. Masalan, kichik korxona qarzga cho'kib qolsa, ijarachi o'z uyini yoki mashinasini sotib qarzni to'lashi kerak bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.