Ichki ishlar organlari xodimlari o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko'ra yuz berganidan qat'i nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chog'idagi o'zining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq bo'lmagan boshqa biror-bir holatni ro'kach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir g'ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, ko'ndirish, undash taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
6-modda. Qonuniylik printsipi
(6-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ichki ishlar organlari xodimlari faqat qonun va rasmiy hujjatlarni amal qilishi kerak. Agar xodim qonunga zid harakat qilsa yoki qonunni buzsa, bu qonuniylikni buzish hisoblanadi va javobgarlik keladi. Hech qanday bahona - foyda, buyruq yoki boshqa sabablar - qonun buzishni oqlamaydi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida ichki ishlar organlarining barcha xodimlari uchun majburiy.
**Amalda**
Politsiya ofitseri yuqori mansabdor shaxsning "qonunga xilof buyrug'ini" bajarishdan bosh tortadi. Hatto buyruq bergan shaxs ham uni oqlay olmaydi - xodim javobgarlikka tortiladi, lekin qonuniylik saqlanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.