Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta'minoti, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan bo'linmalar mustasno.
Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan bo'linmalari ushbu shaxslar hisobidan ta'minlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta'minlanadi. Ashyoviy ta'minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlarida byudjetdan tashqari jamg'arma tashkil etilishi mumkin, uni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablag'lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun
44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta'minoti
(44-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.