«Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi qonun

22-modda. Jismoniy kuch ishlatish

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan o'zi yoki bo'linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo'llash huquqiga ega bo'ladi: jinoyatlarga va ma'muriy huquqbuzarliklarga chek qo'yish uchun; jinoyatlar yoki ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun; ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko'rsatilishini bartaraf etish uchun. Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki o'qotar qurol qo'llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko'rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko'rsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog'lig'iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.