Parvozning xavfsizligini ta'minlash, yo'lovchilarning va havo kemalari ekipajining hayoti va salomatligini saqlash maqsadida aeroport xodimlari, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati organlariga va bojxona organlariga, bu organlarning vakolatli vakillari yo'q bo'lgan taqdirda esa — havo kemalarining komandirlari yoki ularning topshirig'iga binoan ekipajning boshqa a'zolariga — ichki yo'nalishlarda ham, xalqaro yo'nalishlarda ham havo kemalari yo'lovchilarini, qo'l yuki va bagajlarni tekshirish huquqi beriladi. Tekshirish aeroportda, shahar aerovokzalida yoxud aerodromda havo kemasining o'zida bu ish uchun maxsus tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Yo'lovchi tekshiruvdan bo'yin tovlagan taqdirda aviatsiya xizmati ko'rsatuvchi havo transportida tashish to'g'risidagi shartnomani bekor qilishga haqlidir.
Parvozdagi havo kemasida sharoit taqozosi bilan havo kemasi komandirining qaroriga muvofiq yo'lovchining roziligidan qat'i nazar, tekshirish o'tkazilishi mumkin. Ushbu moddada parvozdagi havo kemasi deb yo'lovchilar yoki yuklar joylashtirilganidan so'ng kemaning barcha tashqi eshiklari yopilgan daqiqadan boshlab, yo'lovchilarni yoki yuklarni tushirish uchun eshiklardan istalgan biri ochilguncha bo'lgan holatdagi havo kemasi tushuniladi.
Tekshirish o'tkazish qoidalari va tekshirish o'tkazishga haqli shaxslar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn92-modda. Yo'lovchilarni, qo'l yuki va bagajni tekshirish
(92-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 октябрдаги ЎРҚ-974-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.10.2024 й., 03/24/974/0804-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.