Havo kodeksi

9-modda. Samoviy hududdan foydalanishdagi ustuvorlik

(9-модда иккинчи қисмининг «з» банди Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)

Samoviy hududning barcha foydalanuvchilari O'zbekiston Respublikasi hududida samoviy hududdan foydalanish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlardan foydalanadilar va bir xilda javobgar bo'ladilar. Samoviy hududdan foydalanishdan manfaatdor bo'lganlar ikkita va bundan ortiq bo'lsa, samoviy hududning ma'lum qismidan foydalanish huquqi quyidagi ustuvorlik bo'yicha beriladi: a) havo hujumini daf etish yoki O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasi buzilishining oldini olish va chegara buzilishini to'xtatish, O'zbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy butunligi, siyosiy mustaqilligi va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan kuch ishlatishni yoki kuch ishlatish tahdidini bartaraf qilish uchun; b) odamlarning hayoti va sog'lig'iga xavf soluvchi yoki katta iqtisodiy zarar yetkazish xavfini tug'diruvchi tabiiy hamda boshqa ofatlarda, falokatlar, avariyalar, favqulodda holatlarda yordam ko'rsatish uchun; v) kosmik apparatlar va ularning ekipajlarini uchirish, qo'ndirish, qidirish va evakuatsiya qilish uchun; g) samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishining oldini olish yoki tartib buzilishini to'xtatish uchun; d) havo kemalarining qatnovi yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladigan o'zga faoliyat uchun; ye) havo kemalarining qatnovi yoki O'zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga binoan amalga oshiriladigan boshqa faoliyat uchun; j) yo'lovchilarni muntazam tashish uchun; z) O'zbekiston Respublikasi, shuningdek o'zga davlatlar davlat aviatsiyasining maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladigan parvozlari uchun; i) eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun; k) yuk va pochtani muntazam tashish uchun; l) yuklarni nomuntazam tashish uchun, xalq xo'jaligi manfaatlarini ko'zlab aviatsiya ishlarini va boshqa yumushlarni amalga oshirish uchun; m) o'quv, ko'rgazmali, madaniy-ma'rifiy hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun; n) fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq faoliyat uchun; o) boshqa faoliyatlar uchun.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.