Falokatga uchragan havo kemasining yo'lovchilari va ekipajiga yordam ko'rsatish bo'yicha qutqaruv ishlari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatining kuchlari va vositalari bilan, shuningdek mazkur kodeksning 80-moddasiga asosan shu xizmat tomonidan bu ishga safarbar qilinadigan vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning kuchlari hamda vositalari bilan amalga oshiriladi.
Agar falokatga uchragan havo kemasi yoki uning qismlari temir yo'l, avtomobil, suv transporti harakatiga yoki havo kemalarining parvoziga xalaqit beradigan bo'lsa, qutqaruv ishlari rahbari transport harakatini yoki kemalar parvozini ta'minlash uchun havo kemasini (uning qismini) — uning (ularning) umumiy holati va joylashuvini qayd qilib olgach — chetga olib qo'yish uchun choralar ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matn82-modda. Qutqaruv ishlari
(82-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.