Xorijiy havo kemalarining O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidagi parvozlari:
a) O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
b) parvoz uchun maxsus ruxsatnomalar asosida va ularning shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur ruxsatnomalarni:
fuqaro havo kemalarining yakka parvozi uchun – Aviatsiya ma'muriyati;
fuqaro havo kemalaridan boshqa kemalarning yakka parvozi uchun – O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi beradi.
O'zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro parvozlar amalga oshirilishidan oldin xorijiy havo kemalarining egalari (ekspluatantlari) xalqaro parvozlar uchun ruxsatnoma beradigan davlat organlariga tanish belgilarini xabar qilishlari shart.
Yakka parvozlarga ruxsatnoma berish tartibi O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizomda belgilab beriladi.
lex.uz’dagi asl matn75-modda. Xorijiy havo kemalarining O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidagi parvozi
(75-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.