Havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sog'lig'iga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yo'nalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
Havo kemasida nosozlik ro'y bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun parvozlar qilish zarur bo'lganda belgilangan yo'nalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yo'l qo'yiladi.
Alohida hollarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra havo kemalarining belgilangan yo'nalish va uchish balandligidan chetga chiqqan holda aholi manzilgohlari ustida parvoz qilishiga yo'l qo'yiladi.
Havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi ko'rgazmali uchishlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn67-modda. Aholi manzilgohlari ustida parvoz qilish
(67-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 апрелдаги ЎРҚ-688-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2021 й., 03/21/688/0394-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.