Havo kodeksi

46-modda. Ekspluatant faoliyati ustidan nazorat

(46-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 4 сентябрдаги ЎРҚ-373-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2014 й., 36-сон, 452-модда)

Ekspluatant sertifikatini bergan organ ekspluatant uchun belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazorat yuritadi. Ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan talablar havo kemasi ekspluatanti tomonidan buzilgan taqdirda, sertifikat bergan organ ekspluatantni belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida ogohlantirishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati O'zbekistonda doimiy parvozlarni amalga oshiruvchi chet ellik ekspluatantlarni, agar xalqaro bitimlarda o'zgacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, amaliy inspektsiya qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.