Havo kemasi O'zbekiston Respublikasining tegishli reyestridan quyidagi hollarda:
a) havo kemasi foydalanishdan chegirib tashlansa yoki chiqarilsa;
b) havo kemasi belgilangan tartibda chet el davlatiga, chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga sotilsa yoki berilsa;
v) havo kemasi eksperimental havo kemalari qatoriga o'tkazilsa;
g) havo kemalarini ro'yxatga olish tartibida nazarda tutilgan boshqa hollarda o'chirilishi mumkin.
Havo kemasini O'zbekiston Respublikasining tegishli reyestridan o'chirish bilan kemaning ro'yxatdan o'tkazilgani to'g'risidagi guvohnoma va bu havo kemasi haqidagi tegishli reyestrdagi yozuvlar o'z kuchini yo'qotadi.
lex.uz’dagi asl matn40-modda. Reyestrdan o'chirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.