Havo kodeksi

39-modda. Havo kemalarini ro'yxatga olish

(39-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 апрелдаги ЎРҚ-688-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 29.04.2021 й., 03/21/688/0394-сон)

Fuqaro va davlat havo kemalari ro'yxatdan o'tkazilishi lozim. Fuqaro havo kemalari O'zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida, davlat havo kemalari esa O'zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestrida ro'yxatga olinadi. Tegishli reyestrda qayd qilingan havo kemasining egasiga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrini va O'zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestrini yuritish tartibi, shuningdek havo kemalarining ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida guvohnoma berish tartibi tegishincha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Eksperimental havo kemalari davlat reyestrida qayd etilmaydi, ammo Aviatsiya ma'muriyatida hisobda turadi. Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga yoki O'zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestriga kiritilgan havo kemalari, shuningdek Aviatsiya ma'muriyatida hisobda turuvchi eksperimental havo kemalari O'zbekiston Respublikasiga qarashli milliy havo kemalaridir. Chet el havo kemasi tegishli chet el davlati havo kemalarining reyestridan o'chirilganidan keyingina O'zbekiston Respublikasining tegishli reyestriga kiritiladi. O'zbekiston Respublikasi tegishli reyestridan belgilangan tartibda o'chirilmagan O'zbekiston Respublikasi havo kemasining har qanday chet el davlati havo kemalarining reyestriga kiritilishi tan olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.