Fuqaro havo kemasi, shuningdek tijorat maqsadlarida ishlatiladigan davlat havo kemasi fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi normalarga muvofiq bo'lsa, foydalanishga qo'yiladi va bu haqda havo kemasining ekspluatantiga havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati beriladi.
Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati tomonidan joriy etiladi. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Havo kemasining xorijiy davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e'tirof etilishi mumkin.
Fuqaro havo kemasini havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati talablariga muvofiq bo'lgan holatda saqlash havo kemasi ekspluatanti zimmasiga yuklanadi. Bunday muvofiqlikka rioya etilishi ustidan nazoratni O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati amalga oshiradi.
Davlat havo kemalaridan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda foydalanishga yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn37-modda. Foydalanishga ruxsat berish
(37-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 4 сентябрдаги ЎРҚ-373-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2014 й., 36-сон, 452-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.