Havo kodeksi

30-modda. Aerodromni ishga tushirishga ruxsat berish

(30-модда биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)

Foydalanishga yaroqlilik normalariga va havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta'minlash talablariga muvofiq bo'lsa, aerodromdan foydalanishga yo'l qo'yiladi. Fuqarolar tashish uchun mo'ljallangan aerodrom bundan tashqari, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq qo'shimcha talablarga ham javob bermog'i lozim. Davlat, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga mo'ljallangan aerodromlar majburiy suratda sertifikatlanishi shart. Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi: fuqaro aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlari uchun – O'zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma'muriyati tomonidan; davlat aviatsiyasi aerodromlari uchun – O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Aerodrom ekspluatantiga aerodromning butun xizmat ko'rsatish muddati davomida aerodromning muvofiqlik sertifikati olish uchun belgilangan talablarga javob berishini ta'minlash vazifasi yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.