Havo kodeksi

28-modda. Aerodromlar qurish va ularni ta'mirlash

(28-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Aerodromlar va aeroportlar qurish uchun qidiruv ishlarini olib borish, ularni loyihalashtirish, qurish va ta'mirlash mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizomda belgilangan tartibda kelishiladi. Aerodromlarni qurish va ta'mirlash, shuningdek aerodromlar rayonida sanoatga oid, turar joylar va madaniy-maishiy binolar qurilishi havo kemalarining shovqini, ularning motorlaridan chiqadigan zararli chiqindilar, elektromagnit va boshqa nurlanishlarning zararli ta'sirini bartaraf etishini hisobga olgan holda amalga oshirilmog'i lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.