Tashuvchi, yo'lovchi, yuk jo'natuvchi va oluvchilarning mulkiy javobgarliklari uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin bo'lgan holatlar havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to'g'risidagi dalolatnoma bilan guvohlantiriladi. Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to'g'risidagi dalolatnoma tuzish tartibi hamda havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to'g'risidagi dalolatnoma tuzishni taqozo qilmaydigan holatlar tartibi tashish qoidalari bilan belgilanadi.
Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to'g'risidagi dalolatnoma quyidagi hollarda tuziladi:
a) yukning nomi, og'irligi yoki yuk va pochtaning o'rinlari soni tashish hujjatida ko'rsatilgan ma'lumotlarga nomuvofiq bo'lganida;
b) yukda kamomad bo'lganida yoki unga zarar yetkazilganida;
v) qo'l yukida kamomad bo'lganida yoki unga zarar yetkazilganida;
g) pochtada kamomad bo'lganida yoki unga zarar yetkazilganida;
d) hujjatsiz yuk, qo'l yuki va pochta, shuningdek yuksiz, qo'l yukisiz yoki pochtasiz hujjatlar topilganida.
lex.uz’dagi asl matn121-modda. Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi to'g'risidagi dalolatnomalar tuzish
(121-модда Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.