Yuk, qo'l yuki yoki yo'lovchi yonidagi buyumlarning yo'qolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi:
a) tashish uchun olingan qiymati e'lon qilingan yuk yoki qo'l yukining yo'qolgani, kamomadi yoxud unga yetkazilgan zarar uchun – e'lon qilingan qiymati miqdorida, agar tashuvchi e'lon qilingan qiymat haqiqiy qiymatdan balandligini isbot qilsa — haqiqiy qiymat miqdorida;
b) qiymati e'lon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan yukning yoki qo'l yukining, shuningdek yo'lovchi yonidagi buyumlarning yo'qolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan zarar uchun — O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar bo'ladi.
Agar yetkazilgan zarar tashuvchi yoki uning vakolatli shaxslari o'z xizmat vazifalarini bajarish chog'ida qasddan qilingan yoki qo'pol ehtiyotsizliklari natijasi ekanligi isbotlansa javobgarlik me'yorlari qo'llanilmaydi.
Havo kemasida hayvonlarni kuzatib borayotgan shaxsning o'limi yoki uning sog'ligiga yetkazilgan zarar uchun, agar bu halokat hayvonlarning xatti-harakati tufayli ro'y bergan bo'lsa, tashuvchi javobgar bo'lmaydi.
Hayvonlarning o'limi yoki jarohatlangani uchun, agar bu ko'ngilsizlik tabiiy sabablarga ko'ra yoki ularni kuzatib borayotgan shaxsning xatti-harakati natijasida ro'y bergan bo'lsa, tashuvchi javobgar bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn116-modda. Yuk, qo'l yuki, shuningdek yo'lovchi yonidagi buyumlarning yo'qolishi, kamomadi yoki ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi mas'uliyati miqdori
(116-модда биринчи қисми «б» кичик банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.