Agar qabul qiluvchi yetib kelgan yukni tashish qoidalarida belgilangan muddatda talab qilib olmasa yoki uni olishdan voz kechsa, tashuvchi jo'natuvchini bu haqda xabardor qilgan holda yukni jo'natuvchining hisobidan saqlash uchun o'zida qoldirishga haqlidir. Qabul qiluvchi xabardor qilingan kundan boshlab 30 kun ichida yuk olib ketilmagan va bu yukka nisbatan yuk jo'natuvchining biror-bir farmoyishi olinmagan bo'lsa, bunday yuk talab qilib olinmagan deb hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.
Uchib kelgan reys yo'lovchilariga qo'l yuki topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan qo'l yuki uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday qo'l yukining egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi.
Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan qo'l yuki aeroportda ko'pi bilan 3 oy saqlanadi va keyin O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda yo'q qilinadi.
Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan qo'l yuki aeroportda ko'pi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.
Talab qilib olinmagan qo'l yukidagi tez buziladigan narsalar buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda yo'q qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn106-modda. Yukning yoki qo'l yukining olinmasligi va kechikib olinishi
(106-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.